Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositalari savdosiga yo‘l qo‘yilmaydi
12:47 / 2022-12-24

Buxoroda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha joriy yilning 30 noyabr kunidan bugungi kunga qadar Buxoro viloyati IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan jami 124 ta holatda huquqbuzarlardan 4 ming 478 quti (268 ming 690 dona) pirotexnika vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.  

Shundan 68 nafar huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 185¹-moddasi hamda 56 nafar shu turdagi huquqbuzarliklar sodir etgan voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Hozirda viloyat hududida mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA