Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yilmoqda
12:57 / 2020-12-05

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan joylarda kompleks tashkiliy-tahliliy tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 25 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirga ichki ishlar, milliy gvardiya, soliq, bojxona organlari va jamoatchilik vakillari jalb etilgan. Mazkur tashkilotlar vakillaridan iborat 79 ta guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ular tomonidan viloyatning chegara hududlari, bozorlar, savdo markazlari, ko‘ngilochar joylar, o‘quv muassasalari va boshqa jamoat joylari hamda ko‘chalarda shu kunga qadar 535 marotaba reyd, 451 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilgan. Pirotexnika vositalarini sotishga moyil shaxslarning 797 nafaridan tilxatlar olingan.

Olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida pirotexnika vositalarining noqonunniy savdosi bilan bog‘liq 4 ta holat aniqlangan.

Buxoro shahrida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 42- umumta’lim maktabi oldida maktab o‘quvchisi 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan B.S. tekshirilganida yonida 7 quti, 432 (to‘rt yuz o‘ttiz ikki) dona “Novыy vek” pirotexnika vositasini olib yurganligi aniqlangan. Xuddi shunday holat Vobkent tumanidagi tadbirlar davomida 2002 yilda tug‘ilgan A.F. 1 quti, 65 (oltmish besh) dona “Novыy vek” pirotexnika vositasini yonida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Viloyati Ichki ishlar, Bojxona boshqarmalari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2003 yilda tug‘ilgan, shaharning A.Jomiy ko‘chasida yashovchi Yu.Sh. o‘zining yashash uyi oldida 1 dona qog‘oz qutida, umumiy qiymati 16 million 756 ming jami 23 ming 581 dona pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Viloyati Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati viloyati boshqarmalari hamda Bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tadbirda 2004 yilda tug‘ilgan, maktab o‘quvchisi, shaharning M.Tarobiy ko‘chasida yashovchi I.H. o‘zining yashash uyi oldida 1 dona qog‘oz qutida umumiy qiymati 2 million 36 ming so‘mlik jami 7 ming 80 dona “Treniya” yozuvli, pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida to‘xtatilgan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha pirotexnika vositalari olib qo‘yilib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan. Hozirgi kunda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishda hamkorlikdagi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA