Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositalari saqlanayotgan xonadon fosh etildi
11:49 / 2023-11-22

Bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va aylanishiga qarshi kurash olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazdi. Tezkor tadbir davomida fuqaro yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.  

Natijada xonadon hovlisida boshqa fuqaroga tegishli bo‘lgan texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzib o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf solgan holda saqlanayotgan xorijda ishlab chiqarilgan va  tegishli hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 407 million so‘mlik 2 turdagi jami 5 mingdan ziyod pirotexnika vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.  

Hozir mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.    

M.Sulaymonov,

O‘zA muxbiri