Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositalari: qonun talablari va jamoat xavfsizligi mas’uliyati
12:29 / 2025-12-20

FOTOREPORTAJ

Ma’lumki, respublikamiz hududida pirotexnika vositalaridan foydalanish qonun bilan qat’iy taqiqlangan. Ushbu taqiq, avvalo, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Shunga qaramay, ayniqsa Yangi yil bayrami arafasida turli xildagi pirotexnika vositalari bilan bog‘liq noxush holatlar uchrab turayotgani achinarli.

Qonunchilikka ko‘ra, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. 

[gallery-26828]

Shunga qaramay, bugungi kunda, xususan Yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalarini noqonuniy olib o‘tish, saqlash va sotish holatlari kuzatilmoqda. Ushbu xavfli holatlarning oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan izchil va tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 3 ta holatda jami 975 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi. 2024 yilda esa 10 ta holatda 167 ming 788 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olingandi. Ushbu raqamlar olib borilayotgan ishlarning ko‘lami va mas’uliyat darajasini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Ayni paytda bojxona organlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalariga qarshi tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu esa nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki bayram kunlarida fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini asrash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Qonun talablariga rioya qilish har bir fuqaroning burchi. Bayram shukuhi esa xavf bilan emas, osoyishtalik va mas’uliyat bilan uyg‘unlashgandagina haqiqiy qadrini topadi.

O‘zA fotomuxbiri

Tohir ISTATOV(surat),