English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositalari muomalasi uchun qanday javobgarlik belgilangan? (+video)
16:20 / 2023-12-12

Huquqiy munosabat

Yangi yil bayrami yaqinlashgan sayin ko‘cha-ko‘yda pirotexnik vositalarning ovozi tinmay qulog‘imizga chalina boshlaydi. Bu vositalarning xavfli ekani barchamizga ma’lum. Shu sabab qonunchilikda bunga tegishli javobgarlik belgilangan.  

"BUSINESS LAWYERS GROUP" advokatlik firmasi advokat stajyori Muxriddin Shamsiddinov bu borada quyidagilarni ma’lum qildi.  

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-1-moddasiga ko‘ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  

Agar shaxs ushbu huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandan so‘ng bu harakatlarni bir yil ichida takroran sodir etadigan bo‘lsa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.  

<iframe width="654" height="1163" src="https://www.youtube.com/embed/_d26bE1P1bY" title="Pirotexnika vositalari muomalasi uchun qanday javobgarlik belgilangan?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Jinoyat kodeksining 250-1-moddasiga ko‘ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA