Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositalari aholi xavfsizligini ham xatarga qo‘yadi
15:22 / 2025-10-25

Sirdaryo viloyatida bojxona va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy tarzda tashilayotgan 65 ming 880 dona pirotexnika vositalari aniqlandi.

Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Sayxunobod tumani hududida “Hyundai Porter” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashina yukxonasidagi tovarlar orasida 3 ta polietilen qopqa joylashtirilgan, umumiy hisobda “Treniya” nomli 65 880 dona pirotexnika buyumlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Bojxona boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, aniqlangan vositalar huquqbuzarlik dalili sifatida vaqtincha saqlovga olingan. Hozirda holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi nafaqat qonunbuzarlik, balki aholi xavfsizligiga ham jiddiy tahdid soladi. Shu bois viloyatda bojxona va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha nazorat va profilaktika tadbirlari kuchaytirilgan.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri