Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika buyumlarining noqonuniy savdosi aniqlandi
16:53 / 2020-12-11

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, uning shahar va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan pirotexnika buyumlarining mamlakatimizga noqonuniy olib kirilishi va savdosiga qarshi maxsus tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 9 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy savdosi holati aniqlandi. 

Jumladan, fuqaro I.D “shartli xaridor” ga 100 qutidagi, 6 ming dona Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Britanik” nomli pirotexnika buyumlarini jami 2 million so‘mga sotayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA