Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillakorlarning malakasi oshirilmoqda
14:56 / 2024-07-12

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab agronom va pillachilik mutaxassislari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv-seminarlari Prezidentimizning joriy yil 3 maydagi “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.  

Shu kabi saminarlardan biri Andijon viloyatidagi Andijon qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalari institutida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan, Farg‘ona hamda Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan agronom va pillachilik mutaxassislari jalb etildi. Shuningdek, hududlardagi oila va xotin-qizlar bo‘limlari rahbarlari, pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi klaster, fermer xo‘jaliklar mas’ullari, kasanachi va pillakorlar qatnashdi.    

Seminar qatnashchilariga pillani Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, xonadonlarga tarqatilgan pillaning to‘g‘ri parvarishini yo‘lga qo‘yish, o‘rma tutzorlar tashkil qilish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.  

Shuningdek, pilla yetishtirishda ipak qurtini tanlash, uni inkubatsiyadan chiqarish va ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni ipak qurtini yangi agrotexnik qoidalar asosida parvarishlashga jalb qilish, bu orqali pillachilikdan olinadigan daromad va mahsuldorlikni oshirish xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ipak qurtining inkubatoriyada jonlanishi va undan keyingi bosqichlarda to‘g‘ri parvarish etilishiga e’tibor berilishi lozimligi aytildi. O‘quv kursida qatnashganlarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.  

Mazkur seminar respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.  

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA