French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillakorlar munosib rag‘batlantirilmoqda
19:14 / 2017-05-25

Samarqand viloyati pillakorlari joriy yilda Xitoydan keltirilgan hamda mahalliy pilla urug‘chiligi korxonalarida tayyorlangan 50 ming 700 quti ipak qurtini parvarishlamoqda.

Samarqand viloyati pillakorlari joriy yilda Xitoydan keltirilgan hamda mahalliy pilla urug‘chiligi korxonalarida tayyorlangan 50 ming 700 quti ipak qurtini parvarishlamoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarib, pillachilik korxonalari va pilla yetishtiruvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

Mazkur hujjatga muvofiq, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va hududlarda pillachilik tarmog‘i korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradigan beshta mintaqaviy jamiyat, tumanlarda esa “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etildi. Ushbu korxonalarga bir qator soliq imtiyozlari berildi. Shuningdek, ipak qurti parvarishi bilan mashg‘ul bo‘ladigan kasanachilar, fermerlar va boshqa fuqarolarga ham ko‘plab yengillik va imtiyozlar taqdim etildi. Uy sharoitida pilla yetishtirish bilan shug‘ullanadigan fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilindi. Bir pilla mavsumi pillachilarga pensiya tayinlashda bir yillik ish staji sifatida hisoblanadigan bo‘ldi.

Viloyatning Bulung‘ur tumanida ham mavsum yumushlari qizg‘in davom etmoqda.

– Bu yil fermer xo‘jaliklari va aholiga xorijdan keltirilgan, yuqori sifatli pilla beradigan 1900 quti ipak qurti tarqatildi, – deydi “Bulung‘ur agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Almamat Abdullayev. – 2200 dan ortiq fermer va oilaviy zvenolar bilan shartnoma imzolanib, ularga zarur jihozlar yetkazib berildi. Ipak qurti urug‘i parvarishi uchun oldindan bo‘nak puli tarqatildi. Pilla qabul qilish jarayoni boshlanishi arafasida fermer va pilla yetishtiruvchilar moddiy rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyatdagi "Agropilla" jamiyatlarida joriy yil qishloq xo‘jalik mavsumining ilk hosilini qabul qilish va qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.