French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pilladan olinadigan qimmatbaho mahsulotlar
18:06 / 2017-08-30

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida “Ipakchilik muammolari, sohaga nanotexnologiyalarni joriy etish hamda chiqindisiz mahsulotlar ishlab chiqarish” mavzuida olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida “Ipakchilik muammolari, sohaga nanotexnologiyalarni joriy etish hamda chiqindisiz mahsulotlar ishlab chiqarish” mavzuida olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi raisi B.Sharipov, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori S.Rashidova va boshqalar ipakli kiyim-kechaklar, turli mahsulotlar bilan ichki va tashqi bozorni ta’minlashda yangi imkoniyatlar yaratilayotgani, shu bois pillachilik sohasi har jihatdan yuksalib borayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-martdagi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga ko‘ra, 2023-yilgacha tizimdagi korxona va tashkilotlarga soliq imtiyozlari va boshqa qator preferensiyalar berildi.

Mutaxassislar pilla g‘umbagidan olinayotgan xitin va xitozan tabiiy polimer bo‘lib, ular tibbiyot va qishloq xo‘jaligi tizimida keng qo‘llanilayotganini qayd etdi. G‘umbak yog‘i kosmetologiya yo‘nalishida, oqsil esa chorvachilik, baliqchilik va parrandachilikda ozuqa sifatida muhim o‘rin tutadi. «Buxoro brilliant silk» korxonasi ayni vaqtda g‘umbakdan olinadigan yog‘ni chet davlatlarga eksport qilmoqda.

Ochiq muloqotda ipakchilikka nanotexnologiyalarni keng joriy etish, bunday texnologiya ko‘magida olingan ipak tolalaridan ishlab chiqariladigan matolarning chidamliligi odatdagi matolarga nisbatan ancha baland bo‘lishi qayd etildi.

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.