Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillachilikni rivojlantirish maqsadida yer maydonlari ajratilmoqda
12:53 / 2023-03-28

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 23 mart kuni oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida salohiyati yuqori bo‘lgan 10 ta tumanda pillachilikni rivojlantirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Mazkur ko‘rsatmaga asosan 10 ta tumanda pillachilik klasterlarini, pillani qayta ishlash korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha samarali ishlar boshlab yuborildi.  

Jumladan, Farg‘ona viloyatida aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonlari o‘zlashtirilib, tut plantatsiyasini tashkil etish uchun 5 ming gektar yer maydoni aniqlandi.  

Shuningdek, yig‘ilishda Vetnam tajribasi asosida odamlarga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yerlar berilishi aytilgan.  

Vetnam davlatining “Ming Sang Co LDT,." kompaniyasi vakillari Andijon viloyatidagi "Andijon Silk Worm" pillani qayta ishlash korxonasida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish hamda ipakni eksportga tayyorlash jarayonlari bilan tanishdi.  

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi a’zolari va rahbariyatidan iborat delegatsiyaning joriy yil mart oyining boshida Vetnamga tashrifi doirasida bir qancha memorandumlar imzolangan edi. Unga asosan, “Ming Sang Co LDT,." korxonasi "Andijon Silk Worm" korxonasi bilan birgalikda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldi.  

Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish hamda ipak qurti urug‘larining saqlanish jarayonlari bilan tanishildi, korxonaning qo‘shimcha imkoniyatlari o‘rganildi.  

 

O‘zA