Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillachilikda xotin-qizlar imkoniyatlari kengaymoqda (+video)
13:49 / 2025-03-05

Pillachilik ipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmui bo‘lib, qishloq xo‘jaligining ipakchilik sanoati uchun xomashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur soha serdaromad bo‘lgani uchun ham mamlakatimizda pilla yetishtirish keng yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, hozirda pilla yetishtiruvchi yetakchi davlatlar ichida O‘zbekiston 3 o‘rinni egallab turibdi.

Bunda albatta, soha xodimlarining bilim va tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ayni kunlarda yurtimizning barcha viloyat va tumanlarida pillachilik sohasida xotin-qizlarni o‘qitish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasida ayollarni bosqichma-bosqich ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori ijrosi doirasidagi mazkur o‘quv-seminarlari Toshkent, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bo‘lib o‘tdi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mahalliy hokimliklar tomonidan xitoylik va vetnamlik hamkor mutaxassislar bilan birgalikda tashkil etilgan seminarlarda “Agropilla” MCHJ rahbarlari, bosh pillakor agronomlar, klasterlar, kasanachilar hamda lider pillachi xotin-qizlar ishtirok etdi.

Seminarda pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, xonadonlarga tarqatilgan pillaning to‘g‘ri parvarishini yo‘lga qo‘yish, o‘rma tutzorlar tashkil qilish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, seminarlarda pillani Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijlik mutaxassislar tomonidan onlayn ma’ruzalar tinglandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GW5_QIRCFcc" title="Pillachilikda xotin-qizlar imkoniyatlari kengaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Bu kabi o‘quv-seminarlar har chorakda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA