Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillachilik sohasida majburiy mehnatga ehtiyoj yo‘q (+video)
17:23 / 2022-11-16

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida AQSH davlat departamentining odam savdosiga qarshi kurash va nazorat qilish boshqarmasi vakillari Garold Yansen, Patrik Rid, Cheyn Korp hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi siyosiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha vakili Sara Bekker bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlar ipakchilik sohasida majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida tashrif buyurdi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisi Bahrom Sharipov O‘zbekistonda ipakchilik tarmog‘ida 1 million 200 mingdan ortiq fuqaro ishlashi va bu ko‘rsatkichning 70 foizini xotin-qizlar tashkil etishini ta’kidladi. O‘zbek ipakchilik sektorida majburiy mehnat va bolalar mehnatidan bundan bir necha yillar avval voz kechilganini qayd etdi.

Ma’lumki, bugungi kunda o‘zbek ipakchiligi mahsulotlari jahon bozori kon’yunkturasida o‘z o‘rnini topib ulgurdi. Pillachilikning bu darajaga chiqishida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining tashkil etilgani katta ahamiyatga ega.

bugungi kunda pillachilik tarmog‘ida barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, joriy yil 1 yanvardan boshlab xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga yetishtiriladigan ho‘l pilla hosilining har bir kilogrammi uchun to‘lanadiga pulga qo‘shimcha yana 5 ming so‘m miqdorida respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratilmoqda.

Pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi kasanachilarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan to‘liq bir mavsum ishlangan davrlarida ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat staji belgilangan. Shuningdek, qo‘mita va uyushma tomonidan eng ilg‘or kasanachi, pillakorlar har bayramda rag‘batlantirilib boriladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir viloyat va tuman hududlarida yaratilayotgan tutzorlar oralariga kasanachilar mavsumiy ekinlar ekib foydasini o‘zlariga olishlari uchun imkoniyatlar ham yaratilgan.

Shu sabab bir yil pilla boqib ko‘rgan kasanachi har yili o‘zi xohlab pilla parvarishlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, pillachilik tarmog‘ida majburiy mehnat yoki bolalar mehnatiga hech qanday ehtiyoj yo‘q.

Shuningdek, mehmonlar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tizimidagi klasterlar faoliyati, uyushma tashkil topgandan buyon bunyod etilgan 22 ta tutchilik xo‘jaliklari hamda ipak xomashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Mehmonlar tashrif doirasida Samarqandda yangi ochilayotgan pillachilik korxonalari faoliyati bilan tanishadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zUnTHOgcXEI" title="Pillachilik sohasida majburiy mehnatga ehtiyoj yo‘q" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, Doniyor Yoqubov (video) O‘zA.