Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillachilik sohasi rivoji uchun berilgan imtiyozlar 2026 yilgacha uzaytirildi
12:08 / 2022-04-28

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Bahrom Sharipov boshchiligida respublikamiz bo‘ylab barcha viloyat “Agro-pilla” rahbarlari, korxona ta’sischi va boshliqlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ipaksanoat tizimidagi islohotlarning natijadorligini oshirish maqsadida soha rivoji uchun berilgan imtiyozlarni 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish ta’kidlab o‘tilgan edi. 

Shundan kelib chiqib, tadbirda tizim tashkilotlari va korxonalar rahbarlariga bunday yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, shu orqali aholi farovonligini oshirish va bandligini ta’minlashga erishish mumkinligi qayd etildi. 

–Prezidentimizning joriy yil 26 apreldagi “Respublikada go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ipak qurti urug‘i, tut ko‘chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish kabi korxonalar uchun ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi, – dedi B.Sharipov. –Shuningdek,  bu imtiyoz qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun ham katta imkoniyatlarni beradi.  

Yig‘ilishda uyushma bilan imzolangan shartnoma kelishuvlarini o‘z vaqtida bajarmagan korxona rahbarlari ogohlantirildi. Joriy yildagi mavsum ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, eksport, bandlik va investitsiya masalalari tanqidiy ruhda muhokama etildi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA