Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillachilik sohasi mutaxassislari va agronomlar malakasi oshirilmoqda (+video)
20:07 / 2024-07-24

So‘nggi yillarda respublikamizda pillachilik sohasini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar pilla xomashyosi yetishtirish hajmini va sifatini oshirish, chekka hududlardagi aholi, ayniqsa ayollar bandligini ta’minlash imkonini ham bermoqda.

Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 3 maydagi "Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, bosqichma-bosqich pillachilik sohasida aholining mavsumiy bandligini 2 millionga yetkazish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab agronom va pillachilik sohasi mutaxassislari uchun “Pillachilik sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish” mavzusida mintaqaviy o‘quv kurslari tashkil etildi.    

O‘quv kurslarining birinchi bosqichida Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi 4 ta institutda 850 dan ortiq pillachilik tarmog‘i agronomlari, lider ayollar o‘qitildi va ularga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.    

Ikkinchi bosqichda ipakchilik klasterlari rahbarlarini kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha hududiy o‘quv amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.  

Uchinchi bosqichda esa tuman va shahar hokimliklari bilan hamkorlikda 153 ta o‘quv binolari tanlab olingan va hududlardagi pillakor ayollar, inkubistlar, urug‘chilik va tutchilik xo‘jaliklari xodimlarini o‘qitish rejalashtirilgan.   

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UAJU6WiEd68?si=s9RzhzES56gM5dNL" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA