Pillachilik mavsumida amalga oshirilayotgan ishlar va investitsiya masalasi muhokama qilindi
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida pillachilik korxonalari rahbarlari, ta’sischilar, urug‘chilik fabrikasi hamda tutchilik xo‘jaliklari vakillari ishtirokida video muloqot tarzida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimizning 2023 yil 1 iyundagi "Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash, joriy yilgi pillachilik mavsumlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili hamda investitsiya masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, pilla rejasini bajarishda kamchiliklarni bartaraf etish, ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash hamda pilla yetishtirish mavsumlarini uyushqoqlikda tashkil etish yuzasidan rais o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlarining hisoboti tinglandi. Korxonalar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA