Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pilla yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi
14:30 / 2024-05-14

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida qo‘mita raisi Iqboljon Ergashev boshchiligida pillachilik klasterlari rahbarlari va ta’sischilari hamda viloyat agropilla rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 3 may kuni imzolangan “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonning mazmun-mohiyati hamda soha oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar xususida so‘z bordi.  

Farmonga ko‘ra, mamlakatimizda pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida investitsiya slohiyatini yanada yaxshilash, xom ashyo bazasini kengaytirish hamda ipak qurti urug‘i hajmini keskin ko‘paytirish, pilla yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali sohadagi bandlikni ikki baravarga oshirish nazarda tutilgan.  

Unda pilla yetishtirish mavsumining borishi, xususan, ipak qurti urug‘lari parvarishlanishini nazoratga olish, kasanachilarga avans mablag‘larining to‘lab berilishi va boshqa masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirda eksport ko‘rsatkichlari bajarilishi hamda to‘lov intizomi masalalari ham ko‘rib chiqildi.  

Davom etayotgan ipak qurti parvarishlash mavsumini maxsus agrotexnik qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA