English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pilla yetishtirishning 3-4 mavsumi boshlandi
12:28 / 2023-08-16

Ayni kunlarda mavsum ishlari avj pallada davom etmoqda.

Xususan, respublikamiz bo‘ylab viloyat va tuman “Agropilla” MCHJ hamda agronomlar tomonidan fermer xo‘jaliklari, ipak qurti parvarishlovchilar bilan shartnomalar tuzish ishlari olib borilmoqda.  

Jumladan, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlari hududlarida ipak qurti urug‘larini inkubatoriyalarga joylashtirish, ipak qurti urug‘lari nazoratini tashkillashtirish ishlari boshlandi hamda jonlangan urug‘lar kasanachilar xonadonlariga tarqatilmoqda.  

Shuningdek, tut plantatsiyalari oralariga agrotexnik ishlov berish va mahalliy o‘g‘it berish ishlari bajarilib, tut plantatsiyalari kasanachilarga taqsimlab berilmoqda. Shuningdek, 3-4 mavsumga qo‘yilgan ipak qurti urug‘larini nazorat qilish va harorat namligini ko‘rib chiqish ishlari olib borilmoqda.  

Joriy 3-4 mavsumda respublikamiz bo‘ylab 66 ming 534 quti ipak qurti urug‘i parvarishlanishi belgilangan. Shu bilan birga, 2 ming 661 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilmoqda.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA