Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pilla yetishtirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
17:28 / 2024-03-01

Mamlakatimiz iqtisodiyotining yuksalishida pillachilik alohida o‘rin egallaydi. Shu bois ham yurtimizda pillachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Prezidentimiz raisligida joriy yil 12-fevral kuni qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024 yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham ipakchilikni rivojlantirish, sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim ishlar yuzasidan bir qator topshiriq va vazifalar belgilab berildi. 

Shunga ko‘ra, Jomboy tumanida pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, sohada ayollar faolligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi. 

Unda sohada uzoq yil faoliyat yuritgan agronom Marvar Bo‘riyeva uch mavsumda pilla yetishtirishning muhim jihatlari yuzasidan taqdimot qildi. Pillakorlarga tajribasidan kelib chiqib, maslahat va tavsiyalar berdi. 

Jumladan, Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida ipak qurti boqish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, o‘rma tutzorlar barpo etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

Bir guruh pillakorlar esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA