Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pilla terimi jarayonidagi samimiy suhbatlar
17:50 / 2025-05-22

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida joylashgan Oltin vodiy va Furqat mahallalarida oila mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish va ijtimoiy birdamlikni kuchaytirishga qaratilgan uchrashuvda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Olimjon Jo‘rayev ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda nuroniylar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahalla faollari va tashkilotlar vakillari qatnashdi. Shu kuni Oltin vodiy mahallasining fidokor pillakorlaridan biri Shahodat Xudoyberdiyeva xonadoni pilla terimi hasharchilari bilan fayzli bo‘ldi. Hasharda tuman hokimi va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi. 

Hashar jarayonida Shahodat Xudoyberdiyeva tomonidan parvarish qilingan ipak qurtlarining yaxshi hosil bergani, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilgani va uning tajribasi boshqa mahallalarda ham samara bergani ta’kidlandi. 

[gallery-23514]

G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat) O‘zA muxbirlari.