Potsdam iqlim ta’sirini o‘rganish instituti (PIK) tomonidan olib borilgan izlanishlarning yillik hisobotiga ko‘ra, okeanlarning kislotalanishi 2025 yilga kelib juda muhim chegaradan o‘tgan va allaqachon dengizning tirik organizmlariga zarar yetkazmoqda.
– Bu o‘zgarish birinchi navbatda, qazib olinadigan yoqilg‘ining yonishi va o‘rmonlarning kesilishi hamda yerdan foydalanishning o‘zgarishi bilan kuchaymoqda, -deyiladi institut veb-saytida.
Xususan, sanoat davri boshlanganidan beri okeanlarda sirt qatlamning “pH” darajasi taxminan 0,1 birlikka kamaygan, bu holat kislotalikning 30-40 foizga oshishini anglatadi va dengiz ekotizmi uchun xavf tug‘diradi.
Qayd etilishicha, tropik marjon riflari va Arktika dengiz hayoti ayniqsa, xavf ostida. Masalan, “qanotli mollyuskalar” deb nomlanadigan mayda dengiz shilliqqurti chig‘anoqlarida allaqachon shikastlanish alomatlari namoyon bo‘lmoqda.
Hisobotda ta’kidlanishicha, okean suvlarining kislotalanishi insoniyatning xavfsiz faoliyat yuritish chegaralarini belgilovchi to‘qqizta “Yer ekotizimining muhim chegarasi”dan yettinchisi buzilgan holat bo‘ldi. Faqat ikkita chegara saqlanib qolmoqda: ozon qatlamining yemirilishi va sayyoraga tushadigan aerozol yuklamasi.
S.Rahimov, O‘zA