Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“PIA” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
11:41 / 2021-12-16

“PIA” aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni 2022 yil yanvar oyidan yo‘lga qo‘yish niyatida.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda “PIA” aviakompaniyasi ishtirokida o‘tkazlgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Uchrashuvda har ikki tomon vakillari mamlakatlarimiz o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishi O‘zbekiston va Pokiston manfaatlariga birdek mos kelishini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Muzokaralar davomida Transport vazirligining havo transportini rivojlantirish departamenti rahbari D.Jumayev xorijiy aviakompaniyalarni mamlakatimiz aviatsiya bozoriga jalb etish, bozorning barcha ishtirokchilari uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, birgina joriy yilning o‘zida aeroport xizmatlari uchun yig‘imlar 42% ga qadar tushirilgani, ziyorat turizmi yo‘nalishida bajariladigan parvozlarga esa 50% ga qadar chegirmalar berilishi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

“PIA” aviakompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Muhammad Vakkos Islomobod – Toshkent va Karachi – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi.  

Uchrashuv yakunida tomonlar muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Maftuna Karimova, O‘zA