PharmUz – farmatsevtika ma’lumotlari endi qo‘lingizda!
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan yangi PharmUz mobil ilovasi yaratildi.
Bu haqda Agentlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Endilikda PharmUz mobil ilovasi orqali dori vositalarining referent narxlarini bilish, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri haqida xabar yuborish, tibbiy texnika, tibbiy buyum, biologik faol qo‘shimchalar, ishlab chiqaruvchilar, markirovka kodi orqali dori vositalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni oson ko‘rib chiqish, qulay qidiruv va filtrlar orqali kerakli ma’lumotni tez va oson topish mumkin. Qayerda bo‘lishdan qat’i nazar, ma’lumotga doimiy kirish imkoni bor.
PharmUz – bu nafaqat elektron ma’lumot bazasi, balki farmatsevtika sohasi uchun ishonchli hamroh, har bir savolga javob topa oladigan raqamli platforma.
O‘zA