Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon o‘z mamlakati tinch yadroviy texnologiyalaridan voz kechmasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
– O‘lkamiz yadro qurolini ishlab chiqishga intilmaydi, - dedi Pezeshkiyon. – Eron bu boradagi har qanday tekshiruvga tayyor. Mamlakat bemorlarni davolash, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yadroviy ilm-fan va texnologiyadan foydalanishni rad etishni qabul qilmaydi.
Uning bu bayonoti Tehron va Vashington o‘rtasida keskinlik kuchaygan va AQSHning G‘arbiy Osiyoda harbiy qudrati kuchayayotgan bir paytda yangramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eron va Qo‘shma Shtatlar seshanba kuni Jenevada yadroviy muzokaralarning ikkinchi bosqichini yakunladi. Muzokaralar O‘mon elchixonasida bo‘lib o‘tgan. 6-fevral kuni Maskat shahrida yaqinlashuv bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi o‘tkazilgan edi.
G.Sattorova, O‘zA