Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Peter Siyyarto Tashqi ishlar vazirligida
19:30 / 2022-05-04

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan muzokara o‘tkazdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining bugungi yig‘ilishi samarali o‘tganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibi hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvning navbatdagi davrasini joriy yil o‘tkazish zarurligi ma’qullandi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik, ayniqsa, ta’lim sohasidagi aloqalarning yuqori sur’ati e’tirof etildi. Vengriya tomoni o‘zbekistonlik talabalarning mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratilishini ma’lum qildi.

Vengriya tomoni O‘zbekistonning mintaqada barqarorlikni mustahkamlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatini yuqori baholadi.

BMT, Yevropa Ittifoqi, YeXHT va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani bildirildi.

Turli darajada bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

G‘.XONNAZAROV, O‘zA