Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Peshqadamlik uchun kurash
17:04 / 2015-04-17

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda. To‘qqiz turdan iborat turnirda 100 nafarga yaqin shaxmatchi bahslashmoqda.

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda. To‘qqiz turdan iborat turnirda 100 nafarga yaqin shaxmatchi bahslashmoqda.

Chempionatning 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan yetti tur natijalariga ko‘ra, xorazmlik Nodirbek Yoqubboyev 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shuncha ochkoga ega qashqadaryolik Abdumalik Abdusalimov qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Samarqandlik Armen Arutyunyan 5 ochko bilan kuchli uchlikda bormoqda.

Ushbu yosh toifasidagi qizlar bahsida poytaxtlik Bahora Abdusattorova yetti partiyaning barchasini g‘alaba bilan yakunlab, g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 5,5 ochko bilan poytaxtlik Svetlana Chaykina va 5 ochko bilan xorazmlik Nilufar Yoqubboyeva egalladi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida toshkentlik Oleg Artemenko mag‘lubiyatsiz dona surmoqda. Iqtidorli shaxmatchi oltita partiyadan so‘ng 5,5 ochko jamg‘argan holda musobaqada yetakchilik qilmoqda. Toshkent viloyatidan Alisher Bekmurodov va farg‘onalik Muzaffarjon Eminjonov Olegdan bir ochkoga ortda bormoqda.

Qizlar bahsida dastlabki ikki o‘rinni vodiylik shaxmatchilar band etdi. Farg‘onalik Nodirabegim Parpiyeva oltita imkoniyatdan olti ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, andijonlik Ismigulbonu Tojiboyevada 4,5 ochko bor. Samarqandlik Gulhayo Narziqulova 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.