Respublika Shoshilinch Tez Yordam ilmiy markazi Buxoro filiali yetakchi mutaxassislari tomonidan Peshku tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va yuqori texnologik operatsiyalar samarali bajarildi.
O‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida amalga oshirildi. Tibbiy ko‘rikda 598 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Shulardan 147 tasida terapevtik, 59 tasida xirurgik, 31 tasida ginekologik, 82 tasida nevrologik patologiyasi bo‘lgan va 20 nafar bolalarda turli kasalliklar aniqlandi. Kasallik aniqlangan bemorlarda bosqichma-bosqich ambulator, statsionar va uy sharoitida sog‘lomlashtirish rejalari tuzildi.


Shuningdek, o‘zgalar yordamiga muhtoj, I-II-nogironlik guruhiga mansub 3 nafar bemorlar hududiy poliklinika vrachlari bilan birgalikda xonadonga borib ko‘rildi. Ularga ixtisoslik bo‘yicha sog‘lomlashtirish rejasi asosida mutaxassislar tomonidan tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, filialdan tashrif buyurgan travmatolog, xirurg, ginekologlardan iborat operatsion brigada to‘liq steril tibbiy asbob-anjomlar to‘plami bilan tumanning “Emergency department” bo‘limida operatsiyalar o‘tkazdi.


Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.