Buxoroda “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol bo‘yicha mahallalar kesimida “Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i” kubogining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqaning shahar va tumanlar bosqichida 13 ta eng yaxshi jamoa vakillari viloyat bosqichida qatnashdi.

Buxoro davlat universitetining sport maydonida o‘tkazilgan musobaqada viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida viloyat va shahar, tumanlarning sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Musobaqalarning final bosqichida Peshku tumani "Qoraqalpoq" va Shofirkon tumani "Nekishi" mahallalari yoshlaridan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan musobaqada 3:2 hisobida g‘alaba qozongan Peshkuning “Qoraqalpoq” jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasini band etdi.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblar viloyat sektor rahbarlari tomonidan musobaqa kubogi, oltin medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Zarif Komilov, O‘zA