Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Perudagi norozilik namoyishlari sabab yuzlab sayyohlar evakuatsiya qilinmoqda
17:30 / 2025-09-17

Peruda davom etayotgan norozilik namoyishlari sabab Inka qal’asi – Machu-Pikchu yaqinida kamida 900 sayyoh qolib ketdi, deb xabar bermoqda “CNN” nashri.

Ta’kidlanishicha, hukumatga qarshi norozilik bildirayotgan mahalliy aholi temiryo‘l kompaniyasini avtobus tashuvchilari bilan nohalol raqobatda ayblamoqda va avtobuslarning qo‘riqlanadigan hududga kirishiga ruxsat berilishini talab qilmoqda.

Mamlakat turizm vaziri Desilu Leon dushanba kuni hududdan 1400 sayyoh evakuatsiya qilinganini, ammo 900 ga yaqin sayyoh Aguas Kaliyentes shahrida qolib ketganini aytmoqda.

Norozilik harakatlari Aguas Kaliyentesdan sayyohlarni Inka qal’asining kirish qismiga olib boradigan “Consettur” avtobus kompaniyasining imtiyozi tugaganidan keyin boshlandi.

Ayni paytda namoyishchilar “Peru Rail”ga qarashli temir yo‘lning bir qismini toshlar bilan to‘sib qo‘yishgan va bu holat sayyohatchilarni evakuatsiya qilish imkonini sekinlashtirmoqda.

Madaniy meros obidalarini yorituvchi “New7Wonders” mediya kompaniyasi Peru hukumatiga maktub yo‘llab, agar mojaro avjiga chiqsa, Machu Pikchuning dunyoning yangi mo‘jizalaridan biri sifatidagi ishonchiga ta’sir qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

O‘.Alimov, O‘zA