Peruda ming yillik mumiyolangan jasad topildi
Peru poytaxti Lima chekkasida gaz quvuri yotqizilishi chog‘i ming yil avval dafn qilingan ayolning mumiyolangan jasadi topildi. Bu haqda “Calidda” kompaniyasi xabar tarqatgan.
Puente-Pedra hududida olib borilgan qazish ishlari davomida mutaxassislar taxminan 20-25 yoshli ayolning tanasi bo‘laklariga duch keldi. Shundan so‘ng darhol ish to‘xtatilgan.
- Arxeologlar qabriston 1000-1100 yillik ekanini aniqlashgan, - dedi kompaniya vakili. - Jasad bilan birga to‘qqizta qozon, sopol ko‘za, shisha buyum va yana to‘rtta qovoqdan yasalgan idish chiqdi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, dafn idishiga o‘ziga xos oq-qora va uch xil rangli geometrik naqsh tushirilgan. Demak, topilma Chancay madaniyatiga mansub. Idish ko‘pligiga qaraganda, marhum qiz mahalliy jamiyatning yuqori tabaqasi vakili bo‘lgan.