Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Peruda avtobus daryoga quladi
10:25 / 2025-01-05

Peru shimoli-g‘arbida avtobusning daryoga tushib ketishi natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi, 25 yo‘lovchi yaralandi. Yana 17 insonning taqdiri esa hali noma’lum. Bu haqda mahalliy hokimiyat xabariga tayanib, "Sinxua" yozdi.

Payshanba kuni kechqurun poytaxt Limadan mamlakat shimolidagi Pomabamba muzofotiga yo‘l olgan avtobus ertasiga tong payti suvga qulagan. Bir necha yo‘lovchi mashinadan chiqib ketgan va ularni kuchli oqim olib ketgan.

Mahalliy OAV halokatga yo‘l yomonligi sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Qutqaruv ishlari davom etyapti, voqea joyiga politsiya va fuqaro muhofazasi mutaxassislari kelgan.