Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Peruda arxeologlar g‘alati holatda bog‘lab tashlangan mumiyoni topishdi
12:24 / 2021-11-30

Qadimshunoslar Perudagi yerosti daxmalarining birida arqon bilan o‘rab bog‘lab tashlangan g‘alati mumiyoni topishdi, deb yozmoqda Daily Mail. Olimlar jinsi hali aniqlanmagan inson qoldig‘ini Kaxamarkilya tumanida topishdi.

Mazkur hudud poytaxt Limadan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, mumiyoning yoshi 800 dan to 1 ming 200 yilgacha bo‘lishi mumkin va u inklar sivilizatsiyasigacha bo‘lgan davrga mansub. 

"Mumiyoning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, uning tanasi arqon bilan o‘rab bog‘lab tashlangan, marhum yuzini qo‘llari bilan berkitib olgan", – deydi qazishma ishlariga rahbarlik qilgan professor va arxeolog Piter Van Dalen Luna. Uning izoh berishicha, mumiyoning g‘alati holatda turgani qandaydir “dafn qilish rasm-rusumi” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uning tushuntirishicha, mumiyolangan kishi Peru hududidagi And tog‘larida inklar paydo bo‘lishidan taxminan 200 yoki 600 yil avval yashagan. “Yanada aniq faktlar qo‘shimcha tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ladi”, deydi u.