Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Peru va Ispaniya maydonlariga yo‘l Urganchdan boshlanadi
10:27 / 2023-09-27

Urganch shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida mamlakatimiz sharafini xalqaro sport maydonlarida munosib himoya qiladigan iste’dodlar aniqlandi. Aynan ular orasidan jahon og‘ir atletikasining Ruslan Nuruddinov va Akbar Jo‘rayevdek yengilmas bahodirlari yetishib chiqishi, shubhasiz.

Kubok bahslarida ishtirok etgan 28 ta jamoa a’zolari orasida o‘z iqtidorini namoyish etgan bir qator yoshlar O‘zbekiston terma jamoasi nomzodlari safiga kiritildi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o‘tgan mamlakat kubogida 15 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Namangan viloyati jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoada 1-o‘rinni  qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Chirchiq shahri va Namangan jamoalari joy oldi.  

Qiz bolalar o‘rtasida navoiylik sportchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medal bilan 1-o‘rinni egalladi. 2- va 3-o‘rinlar Qarshi shahri hamda Xorazm viloyati jamoalariga nasib etdi.

Ushbu yosh toifasida umumjamoada 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medalni qo‘lga kiritgan Navoiy viloyati jamoasi 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Qarshi shahri hamda Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.  

17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida Xorazm jamoasi 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan 1-o‘rinni, Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Kasaba uyushmalari jamoasi keyingi pog‘onalardan joy oldi. Qiz bolalar o‘rtasi Qarshi shahri olimpiyachilari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 8 ta medal bilan g‘oliblikni tantana qildi. 2- va 3-o‘rin Navoiy hamda Namangan olimpiyachilariga tegishli bo‘ldi. Ushbu yosh toifasida umumjamoada 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 10 ta medalli bo‘lgan qarshilik og‘ir atletikachilar shohsupaning eng yuqorisi pog‘onasiga ko‘tarildi. Xorazm va Toshkent olimpiyachilari keyingi qatorlarni band etdi.

Mazkur musobaqada saralangan sportchilar 2025 yili Toshkentda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, kelasi yili Peruda yoshlar hamda Ispaniyada o‘smirlar o‘rtasida o‘tadigan jahon chempionatlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA