Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Perm o‘lkasidagi mehnat migrantlari murojaatlarini Ishchi guruhi o‘rganmoqda
10:13 / 2021-09-28

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Ishchi guruhi Rossiya Federatsiyasidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari yashash va ish sharoitlarini o‘rganish maqsadida ushbu davlatda bo‘lib turibdi.

Ishchi guruhi Perm o‘lkasi Berezniki shahridagi «Resurs+» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, bu yerda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz muammolarini o‘rgandi.

Mazkur korxona rahbari R.Mingazov bilan muzokaralar o‘tkazib, fuqarolarning pasportlarini qaytarish, oylik ish haqini o‘z vaqtida to‘lash, mehnat shartnomasi shartlarini bajarish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, joriy yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida korxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlariga shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.