Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon Xitoyni kuzatish uchun 12,6 milliard dollar sarflaydi
12:53 / 2026-02-27

Pentagon Osiyodagi kuchayib borayotgan harbiy ishtirokiga qarshi turish uchun Xitoy harbiy faoliyati, jumladan suv osti kemalari, sun’iy yo‘ldosh qurilmalari va kiber amaliyotini kuzatish uchun qo‘shimcha 12,6 milliard dollar ajratmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” mazkur muassasa byudjet hujjatiga tayanib xabar tarqatdi.

– Pentagon XXR harbiy manyovrini izchil kuzatish maqsadiga qo‘shimcha 12,6 milliard dollar yo‘naltirishni rejalashtirgan, – deb yozgan mazkur  nashr. – Toki, Qo‘shma Shtatlar Xitoyning Osiyodagi “misli ko‘rilmagan harbiy kuchayishi”ga qarshi tura olsin.

Mazkur mablag‘ asosan Amerika harbiylari jangovar tayyorgarligini oshirish, hujumkor kiber amaliyotni rivojlantirish va Hind-Tinch okeani mintaqasida kuzatuvni kuchaytirish, shuningdek “Boeing” kompaniyasi ishlab chiqarayotgan “X-37B”  maxfiy koinot qurilmasi faoliyatini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.

Hujjatda yana bir ma’lumot keltirilgan: orbitadagi AQSH tizimini o‘chirib qo‘yishi yoki shikastlashi ehtimoli mavjud Xitoy yoki Rossiya fazoviy uskunalarini kuzatadigan, barvaqt ogohlantiruvchi “Silent Barker” josus sun’iy yo‘ldoshlari sonini ko‘paytirishga 528 million dollar ajratiladi.

S.Rahimov, O‘zA