Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon va Xitoy TIV mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
14:47 / 2023-08-03

Pentagon va Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakillari ikki mamlakatning mudofaa sohasidagi hamkorligi masalasini muhokama qildi, deya xabar tarqatdi AQSH Mudofaa vazirligi.

Kuni kecha Yan Tao Vashingtonda davlat kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi masalalari bo‘yicha yordamchisi Deniyel Kritenbrink va Milliy xavfsizlik kengashi bosh direktori Sara Beran bilan uchrashdi. Shu vaqtgacha Pentagondagilar XXR mudofaa idoralari vakillari amerikalik hamkasblari bilan aloqa qilmayotganidan nolib kelayotgan edi.

Muhokamada “Amerika – Xitoy mudofaa sohasidagi munosabati va mintaqaviy xavfsizlik” asosiy mavzu bo‘lgan. Pentagon AQSH va XXR harbiylari aloqa kanallarini ochiq holda saqlash niyatini ham bildirgan.

O‘zA