Pentagon Ukrainaga Rossiyani tiyib turishga qodir qurolli kuchlarni tayyorlashi uchun yordam beradi
AQSH urush maydonida g‘alaba qilish hamda kelgusida Rossiyani tiyib turishini ta’minlashga qodir armiya yaratishda Ukrainaga yordam berishga qaror qilgan, deb bayonot berdi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
“Ittifoqchilar va sheriklar bilan birga Ukrainaga jangovar harakatni davom ettirish va kelgusida Rossiya hujumini qaytarishga qodir armiya yaratishda yordam berish uchun yakdil qarorga kelganmiz”, - dedi Ostin Prezident Vladimir Zelenskiy bilan birga chiqishi chog‘ida.
Pentagon rahbari ta’kidlashicha, Kiyevning Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi qat’iyligicha qoladi.
Amerikalik vazir ishonch bildirishicha, Ukraina masalasi AQSH xavfsizligi uchun ham, XXI asr global xavfsizligi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.