Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon: Ukraina bir necha yilda NATOga a’zo bo‘ladi
14:56 / 2022-08-25

AQSH hokimiyati fikricha, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi bir necha yil ichida ro‘y berishi kutilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi rahbarining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kol ma’lum qildi.

Pentagon vakilidan Vashington Ukrainaning uch yildan so‘ng NATO tizimiga to‘liq qo‘shilib ketishiga va sovet qurollariga muhtoj bo‘lmasligiga ishonadimi, deb so‘ralgan.

- Ehtimol, yillar o‘tib ham ular o‘zi ishlab chiqqan tizim va o‘q-doridan foydalanishlari mumkin, - deydi Kol. - Binobarin, shuni aytishim kerak, taxminimcha, o‘sha vaqtga kelib Ukraina asta-sekin Shimoliy alyans standartiga o‘tishi kerak. Ukraina Qurolli kuchlari kelajakda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘ylash barobarida, yana muhim jihatlardan biri – bu davlatda barqarorlik hukm surmog‘i lozimligini ham nazarda tutish zarur.

So‘nggi oylarda Kiyevga 50 dan ortiq davlat yordam ko‘rsatdi. 

- ...Bu turli qurollarni anglatadi, - deya fikrini davom ettirdi Pentagon vakili. - Ukraina armiyasi kelajakda o‘nlab tizimlardan foydalanmasdan, kam sonli tizimni qo‘llashga tayanadi. Zero, shunda xizmat ko‘rsatish ham yengilroq kechadi.