Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon Trampning Grenlandiyani egallab olish niyatidan norozi
15:28 / 2026-01-22

AQSH Harbiy departamenti rasmiylari prezident Donald Trampning Grenlandiyani egallab olish uchun kuch ishlatish rejasidan voz kechmayotganidan norozi, deb xabar tarqatdi “The New York Times” nashri.

Yevropaning NATO bo‘yicha bir nechta hamkor davlatlari o‘z qo‘shinlarini razvedka missiyasida ishtirok etish uchun Grenlandiyaga yubordi. Trampning fevral oyida Grenlandiya ustidan tariflarni joriy qilish tahdidlaridan so‘ng, Germaniya va Niderlandiya kabi bir qancha o‘lkalar oroldagi missiyalarini yakunlaganini va qo‘shinlarini qaytarganini e’lon qilishdi.

Xabarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Shveysariyaga qilgan safari davomida orolda ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazishini e’lon qilgan.

Ma’lumki, Grenlandiya Daniya Qirolligining bir qismidir. BiroqTramp orol AQSH tarkibiga kirishi kerakligini bir necha bor qayd etgan. Daniya va Grenlandiya rasmiylari Vashingtonni orolni egallab olishdan ogohlantirib, ularning hududiy yaxlitligiga hurmat ko‘rsatishlarini ta’kidlab kelmoqda.

S.Rahimov, O‘zA