French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon tez orada Ukrainada Patriot havo mudofaa tizimlari ishga tushishini ma’lum qildi
11:45 / 2023-03-09

Amerikaning Patriot havo mudofaa tizimlari tez orada ishga tushishi mumkin, dedi AQSH armiyasi rahbarining xaridlar va ta’minot masalalari bo‘yicha yordamchisi Duglas Bush Defense News nashriga bergan intervyusida, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Bizning tizimlarimiz tez kunlarda ishga tushiriladi", – degan Pentagon vakili o‘z intervyusida.  

Fevral oyida Ukraina mudofaa vazirining o‘rinbosari Anna Malyar yaqin orada Ukraina armiyasi  Patriot  havo mudofaa tizimlariga hamda ballistik raketalarni tutib olishga mo‘ljallangan SAMP/T quroliga ega bo‘lishi haqida bayonot bergan edi.  

Dekabr oyida AQSH Ukrainaga yaqin oylarda ilk Patriot batareyalari joylashtirilishini e’lon qilgan edi. Keyinroq Kiyevga Patriot yetkazib berish haqida Germaniya va Niderlandiya ham ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.