French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon rahbari va NATO Bosh kotibi suhbatlashdi
09:30 / 2022-10-25

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg telefon orqali suhbatda “Rossiya bilan hamjihatlik qilish” masalasini muhokama qilishdi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar berdi.

Bayonotda Ostin va Stoltenberg “shu oyda NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishida qabul qilingan qarorlarni va transatlantik xavfsizlikka oid qator masalalarni ko‘rib chiqishgani” aytiladi.

Shuningdek, tomonlar Rossiya-Ukraina atrofidagi mojarolar bilan bog‘liq dolzarb mavzuda suhbatlashganlar.

Bundan tashqari, ikki rahbar “kuch ishlatishni to‘xtatib turish va mudofaani ta’minlash muhimligi haqida kelishib olganliklari” qo‘shimcha qilinadi bayonotda.  

 

O‘zA