AQSH mudofaa vazirligi “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi loyihasi tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar tarqatdi “Blumberg” idora ma’lumotiga tayanib.
— Prezident Donald Trampning “Oltin gumbaz” tizimini yaratish rejasiga rahbarlik qilayotgan Fazoviy kuchlar generali Maykl Gatleyn tegishli dastur loyihasini tayyorladi, — deb yozgan agentlik.
Qayd etilishicha, ikki oy oldin Gatlen mazkur tashabbus tafsiloti, jumladan xarajat miqdori haqidagi axborot bilan bo‘lishishga va’da bergan, biroq Pentagon hozircha boshqa ma’lumot bermayapti.
Kongressning Byudjet byurosi “Oltin gumbaz” uchun zarur bo‘ladigan mablag‘ avval mo‘ljallanganidan ancha ko‘pligini aytyapti. Birgina kosmik tutqich uchun 20 yil ichida 542 milliard dollar sarflanadi. Ekspertlar loyiha parametriga kiritiladigan ehtimoliy kichik o‘zgarish ham yuzlab milliard dollarga tushishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
May oyida Tramp hukumat yangi raketaga qarshi mudofaa tizimi tashabbusiga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan. Mazkur loyiha qiymati taxminan 175 milliard dollar. Quruqlik, dengiz va koinot tizimini o‘zida jamlaydigan mazkur tizim yetakchining ikkinchi muddati tugagunga qadar ishga tushirilishi kutilyapti.
Keyinroq CNN telekanali vaziyatdan xabardor manbaga tayanib “Oltin gumbaz”ning dastlabki yirik sinovi 2028 yil oxiriga rejalashtirilgani haqida xabar tarqatdi.
S.Rahimov, O‘zA