English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon: Moskva AQSHni Ukrainaga qurol berishdan to‘xtata olmaydi
11:14 / 2022-12-22

Moskvaning ogohlantirishlari AQSHni Ukrainaga qurol berishni to‘xtatishga majbur qila olmaydi. Pentagon Kiyev uchun zarur deb hisoblagan tizimlarni beradi.

"Biz ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, ularga nima kerak, qachon kerak hammasini beramiz, Moskvaning ogohlantirishlariga e’tibor qilmaymiz", – deya bayonot berdi AQSH mudofaa vazirligining yuqori lavozimli vakili jurnalistlarga   

Ukrainaga Patriot  tizimlarini berish haqida e’lon qilingan xabarga izoh berish so‘ralganda u ushbu javobni bergani aytilmoqda.    

O‘z navbatida, Moskva AQSH tomonidan ko‘rsatilayotgan ushbu yordam urushning cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, deb ogohlantirgan.  

Pentagon vakilining ta’kidlashicha, AQSH Rossiya rasmiylarining  “tahdidli” tanbehlariga ko‘nikib qolgan. Vakilning ma’lum qilishicha, Kiyevga faqat mudofaa tizimlari berilishi va’da qilinmoqda.