Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon Kobuldan qancha odam evakuatsiya qilingani haqida ma’lumot berdi
18:33 / 2021-08-22

Amerika Qo‘shma shtatlari 14 avgustdan Kobul aeroportidan havo orqali 17 ming kishini evakuatsiya qildi, deb bayonot berdi o‘tgan shanba kuni brifingda Pentagon vakili general-mayor Xenk Teylor.

"14 avgust kuni evakuatsiya qilish boshlangan edi. Shundan buyon biz Kobuldan 17 ming kishini olib ketdik", - dedi Teylor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kecha AQSH tomonidan Afg‘onistondan 3 ming 800 kishi olib ketilgan. Umuman, iyul oyi oxiridan boshlab AQSH harbiylari Afg‘onistondan taxminan 22 ming kishini evakuatsiya qilgan, dedi AQSH mudofaa vazirligi vakili.