AQSH Mudofaa vazirligi Harvard universiteti bilan ilmiy va ta’limiy hamkorlikni to‘xtatadi. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Xegsetning bayonotiga tayanib DW xabar berdi.
Uning aytishicha, “Harvard voukizm g‘oyalarini, ya’ni jamiyatdagi adolatsizliklarga kuchli e’tibor qaratadigan g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Mudofaa vazirligi esa bunday qarashlarga qo‘shilmaydi”.
O‘tgan yildan beri Harvard va boshqa nufuzli AQSH universitetlari Donald Tramp ma’muriyati tomonidan kuchli bosimga uchramoqda.
Xegsetning so‘zlariga ko‘ra, uzoq vaqt davomida Mudofaa vazirligi o‘zining eng iqtidorli va zehnli harbiylari bilimlarini yanada oshirish umidida Harvardga o‘qishga yuborgan. Biroq vazirlik o‘zi kutgan natijalarni olmagan. Ularning ta’kidlashicha ba’zi ofitserlar radikal g‘oyalar bilan qaytgan, bu esa armiya uchun foydali bo‘lmagan.
Ma’lum qilinishicha, Pentagonning Harvard bilan hamkorligi 2026–2027 o‘quv yili boshiga qadar to‘liq to‘xtatiladi.
<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/syARI-5qxvo" title="Pentagon Harvard bilan ilmiy aloqalarni uzdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA