French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon: AQSH Ukrainaga qancha qurol kerak bo‘lsa shuncha yetkazib beradi
16:41 / 2022-08-10

AQSH Ukrainaga o‘zini himoya qilish uchun “qancha qurol kerak bo‘lsa, shuncha qurol yetkazib beradi”, deb bayonot berdi AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Latviyaga tashrifi chog‘ida.

"AQSH Ukrainaning xavfsizligi uchun ko‘p yordam ko‘rsatdi. Biroq biz resurs topish uchun birga ishlayotgan 50 ta mamlakat bilan hamjihatlikda yordam berishni davom ettiramiz.

Biz Ukrainaga yordam berishga chog‘langanmiz, unga  hududini himoya qilish uchun qurol-yarog‘ va texnikalar berayapmiz. Biz buni qancha kerak bo‘lsa, shuncha qilamiz", – dedi Ostin. Uning chiqishini  Pentagon sayti namoyish qilib borgan.