French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon AQSH Rossiyaning Ukrainada mag‘lubiyatga uchrashini istayotganini ma’lum qildi
12:49 / 2022-04-09

AQSH Rossiyaning Ukrainada harbiy mag‘lubiyatga uchrashini istaydi, deb bayonot berdi Pentagon vakili Jon Kirbi brifingda.

"Biz janob Vladimir Putin va Rossiya armiyasi Ukrainadagi janglarda mag‘lubiyatga uchrashini ko‘rishni istaymiz. Chunki gap Ukraina hududi, uning suvereniteti, yo‘q qilib yuborishga mahkum qilingan fuqarolarining hayoti haqida bormoqda. Tabiiyki, biz urush tezroq tugashini, Ukraina o‘zining yaxlitligini tiklab olishini istaymiz", — dedi Kirbi. 
Xabarda u  AQSH Ukrainaning Qrim va Donbassni qo‘lga kiritish bo‘yicha uyushtiradigan harbiy  amaliyotini ham qo‘llab quvvatlaydimi, deb bergan savolga javob bermagani aytilmoqda.