Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pentagon: AQSH qurol ishlab chiqarishda Xitoydan ortda qolmoqda
22:35 / 2023-12-04

Pentagon AQSH qurol ishlab chiqarishda Xitoydan ortda qolayotganini tan oldi, deb yozdi “Politico”.

– Hozir AQSH mudofaa sanoati bazasi “tez va keng miqyosli harbiy ishlab chiqarish talabi to‘liq spektrini qondirish uchun zarur imkoniyat va qobiliyatga, chidamlilik xususiyatiga ega emas, – deya Milliy mudofaa ishlab chiqarish strategiyasi loyihasidan iqtibos keltirgan nashr. – Qo‘shma Shtatlar “dunyodagi eng yaxshi qurolini” yetarli darajada tez ishlab chiqara olmaydi. Bunday nomuvofiqlik ortib borayotgan strategik xavfni kuchaytiradi, chunki AQSH Hind-Tinch okeani mintaqasida yirik, texnologik jihatdan rivojlangan tahdiddan iborat faol jangovar amaliyotni qo‘llab-quvvatlashda muayyan muammoga duch kelmoqda.

Hisobot mualliflari fikricha, Xitoy so‘nggi 30 yil ichida kemasozlik, tog‘-kon sanoati va mikroelektronika sohasida “global sanoat markazi”ga aylandi. Hozir Xitoy sanoati salohiyati AQSH va Yevropadagi asosiy ittifoqchilarnikidan sezilarli darajada oshib ketgan.

– Harakatga chaqirish qimmatga tushishi mumkin, ammo harakatsizlik yoki muvaffaqiyatizlik oqibati bundan battarroq, – deyiladi maqolada. – Shu bilan birga tashqi qarzi allaqachon 33 trillion dollarga yetgan Qo‘shma Shtatlar dunyoda eng katta harbiy byudjetga ega. Ochiq manbalarga ko‘ra, 2022 yil AQSH mudofaa xarajati boshqa barcha mamlakatlarnikining, qariyb, 40 foizini tashkil qilgan. Ajratma miqdori yil sayin o‘sib borib, hozir  800 milliard dollardan oshdi. Bu davlat xarajatining yarmiga to‘g‘ri keladi. Holbuki, Xitoy 2023 yil mudofaa uchun bir necha barobar kam mablag‘ sarflashni rejalashtirgan.