French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pensiyadagi shifokorlarga uyida oilaviy shifoxona ochishga ruxsat beriladi
11:42 / 2022-03-18

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan o‘tkazayotgan ochiq muloqotida pensiyadagi shifokorlarga uyida oilaviy shifoxona ochishga ruxsat berilishini aytdi.

“Har yili 2 mingdan ziyod malakali shifokorlar pensiyaga chiqadi. Kelib tushgan murojaatlarda ularning 60 foizi o‘z faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan. Birlamchi tizim qamrovini kengaytirish va yuklamani kamaytirish maqsadida, biz endilikda bunday tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beramiz” – dedi davlatimiz rahbari.  

Buning uchun alohida klinika ochish talab etilmaydi, balki bu toifadagi shifokorlar o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga, аҳолиѓа bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlari uchun to‘lov bosqichma-bosqich Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali beriladi.  Ushbu tajriba dastlab Sirdaryo viloyatida boshlanadi. Keyinchalik zarur tayyorgarlikni ko‘rib, bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy etiladi. 

Shuningdek, 2022 yil 1 iyuldan boshlab 3-15 yoshli bolalarga yod preparatlari davlat tomonidan bepul tarqatiladi. 


O‘zA