Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pensiya va nafaqa to‘lovini to‘xtatib turish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
17:08 / 2023-12-11

Aholi vakillariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi. Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovvoragarchiliksiz to‘xtatib turishi mumkin.

Ushbu xizmat sizga vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak bo‘lmasa va ularni olishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelganida, mamlakat tashqarisida bo‘lganingiz uchun ma’lum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa to‘lovlarini ololmasangiz, hayotingizda to‘lovlarni vaqtinchalik to‘xtatib turishni talab qiladigan o‘zgarishlar yuz bergan hollarda kerak bo‘lishi mumkin.

Mazkur xizmatni olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi, ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun to‘lov undirilmaydi. Xizmat ariza topshirilgandan so‘ng avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

M.Komilova, O‘zA